Gonduras Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan voz kechdi

Rossiya terma jamoasining bahorgi yig‘iniga bir oydan ham kam vaqt qoldi, biroq Rossiya futbol ittifoqi (RFI) hanuzgacha o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun raqiblar ro‘yxatini rasman e’lon qilgani yo‘q. Shunga qaramay, birinchi raqib Mali bo‘lishi deyarli aniq — afrikaliklar kelishuv borligini avvalroq tasdiqlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Sport24 xabariga ko‘ra, RFI ikkinchi o‘yin bo‘yicha Gonduras terma jamoasiga taklif bilan chiqqan. Ammo Gonduras federatsiyasi mart oyining so‘nggi kunida Sankt-Peterburgda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish g‘oyasini rad etgan.
Manbaga ko‘ra, Gondurasning rad javobi jamoaning mart oyidagi xalqaro tanaffus uchun allaqachon boshqa rejalari borligi bilan bog‘liq.
Hozirda Gonduras terma jamoasi FIFA reytingida 65-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!