date

Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi

Argentina grandi «River Pleyt» bosh murabbiyi Marselo Galyardo jamoani tark etish qarorini qabul qildi. Klub bu haqdagi rasmiy bayonotni o‘z saytida e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis mamlakat chempionati doirasida «Banfild»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng lavozimini topshiradi. O‘yin 26 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Galyardoning ixtiyoriy iste’fosi jamoaning natijalari ko‘ngildagidek emasligi bilan izohlanmoqda: «River Pleyt» ayni paytda turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.

Galyardo murabbiylik faoliyati davomida «River Pleyt» bilan ikki bor ishlagan. 2014—2022 yillar oralig‘ida u jamoa bilan 14 ta sovrinni qo‘lga kiritib, mamlakat chempionligi hamda Libertadores kubogida ikki marta zafar quchgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselo Galyardo River Pleyt bosh murabbiyligidan ketadi