Galatasarayda oyliklar bo'yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

Konyaspor bilan uchrashuvdagi kutilmagan mag'lubiyatdan keyin Galatasaray ichida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma'lumotiga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, ushbu vaziyat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klub rahbariyati esa bu masalada hozircha rasmiy izoh bermayapti, bu esa OAV va muxlislar qiziqishini yanada oshirmoqda.
Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik da'vosi jiddiy savol ostida qolayotganini ta'kidladi.
Hozirda Galatasaray chempionatda 55 ochko bilan peshqadam, biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bir o'yini bor Fenerbahche unga yetib olishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing