date

Barselona Holann transferini amalga oshira olishini bildirdi

Barselona Holann transferini amalga oshira olishini bildirdi

"Barselona" direktorlar kengashi a'zosi Joaan Soler klub yirik transferlar bozorida faol harakat qilishga tayyor ekanini aytdi. Uning ta'kidlashicha, kataloniyaliklar eng katta yulduzlar uchun kurashishga moliyaviy jihatdan qodir. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Soler Cadena Ser efirida "Ha, biz Holann yoki Alvares kabi futbolchilarni ham imzolashimiz mumkin. Bunday xaridlar besh yil ichida o'zini oqlaydi. Klubning moliyaviy ahvoli bunga imkon beradi", deya fikr bildirdi.

Endi asosiy savol — "Barselona" yaqin yozgi transfer oynasidayoq top-hujumchilardan birini olib kelish uchun real qadam tashlaydimi-yo'qmi. Holann esa hozirgi paytda dunyoning eng kuchli futbolchilari qatorida, Transfermarkt portali norvegiyalik forvardni 200 million yevroga baholagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Holann transferini amalga oshira olishini bildirdi