Argentinada soliq mojarosi sabab chempionat vaqtincha to'xtaydi

Argentina chempionati bir haftalik tanaffus oladi: 9-tur uchrashuvlari keyinroq o'tkaziladi. Bunga mamlakat futbol federatsiyasi atrofida yana bir korrupsiya mojarosi yuzaga kelgani sabab bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qizig'i shundaki, 7 va 8-tur o'yinlari reja bo'yicha o'tadi, tanaffus esa 9-turga to'g'ri keladi. Taqvimga ko'ra 9-tur bahslari 5–8 mart kunlari o'tishi kerak edi, ammo 5 mart kuni AFA prezidenti Klaudio Tapia tribunal oldida javob berishi kutilmoqda.
derbyderbyderby.it xabariga ko'ra, sobiq futbolchilar va xodimlarga pensiya to'lovlari bilan bog'liq sxema orqali 19 milliard peso miqdoridagi soliqdan qochilgan bo'lishi mumkin — bu Yevropa valyutasida ham salmoqli, qariyb 12 million yevro. Shuningdek, federatsiya pul yuvish jarayonlarida ishtirok etgan bo'lishi ehtimoli ham tekshirilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!