date

Gonudras Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini rad etdi

Gonudras Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini rad etdi

Rossiya terma jamoasining bahorgi yig‘iniga bir oydan kam vaqt qoldi, biroq Rossiya futbol ittifoqi hanuz o‘rtoqlik o‘yinlari uchun raqiblar ro‘yxatini rasman e’lon qilgani yo‘q. Shunga qaramay, ilk raqib Mali bo‘lishi deyarli aniq: afrikaliklar avvalroq kelishuv borligini tasdiqlagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Sport24 xabariga ko‘ra, RFU ikkinchi raqib masalasida Gonudras terma jamoasiga ham murojaat qilgan. Biroq Gonudras futbol federatsiyasi mart oxirida Sankt-Peterburgda o‘yin o‘tkazish taklifini rad etgan.

Manbaga ko‘ra, rad javobining sababi — Gonudras terma jamoasi mart oyidagi xalqaro tanaffus uchun allaqachon o‘z rejalarini belgilab bo‘lgan.

Hozirda Gonudras FIFA reytingida 65-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gonudras Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini rad etdi