Galatasarayda maoshlar bo‘yicha jiddiy muammolar yuzaga keldi

«Kon'yaspor»dan kutilmagan mag‘lubiyatdan so‘ng «Galatasaray» ichida muammolar borligi haqida gap-so‘zlar kuchaydi. TR24 xabariga ko‘ra, klub futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga tayanilsa, bu holat ketma-ket uch oy davom etmoqda. Klub rasmiylari vaziyat yuzasidan izoh bermayotgani esa OAV va muxlislar qiziqishini yanada oshirmoqda.
Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so‘nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari ham shubha ostida qolayotganini ta’kidladi.
Jamoa hozircha chempionat jadvalida 55 ochko bilan peshqadam, biroq 52 ochkoga ega va zaxirada bitta o‘yini bor «Fenerbahche» yaqin ta’qibda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing