date

Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klub ichida taranglik kuchaydi

Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klub ichida taranglik kuchaydi

Kon'yaspor'ga kutilmagan mag'lubiyatdan so'ng Galatasaray atrofida ichki muammolar borligi haqida gap-so'zlar ko'paydi. TR24 portali xabariga ko'ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbada aytilishicha, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klubning rasmiy vakillari esa vaziyat yuzasidan izoh berishdan tiyilmoqda, bu esa OAV va muxlislar qiziqishini yanada oshiryapti.

Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so'nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlarini juda shubhali, deb baholadi.

Hozircha jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam, biroq 52 ochkosi va zaxirada bitta o'yini bor Fenerbahche quvib yetishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda maoshlar kechikmoqda, klub ichida taranglik kuchaydi