Bavariyada faqat Jekson o'yin amaliyotidan norozi

Myunxenning «Bavariya» klubida hujumchi Nikolas Jekson o‘z holatidan qoniqmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko‘ra, senegallik futbolchi jamoada o‘yin vaqti kamligidan norozi bo‘layotgan yagona o‘yinchi hisoblanadi. Uning hafsalasi pir bo‘lgani kiyinish xonasida ham sezilmoqda. Qolgan futbolchilar esa cheklangan roliga ko‘nikib, ko‘proq imkoniyatni maydondagi mehnati bilan qo‘lga kiritishga urinmoqda.
«Bavariya» Jeksonni 2025 yil sentabrida «Chelsi»dan mavsum oxirigacha 16 million yevro evaziga ijaraga olgandi. Kelishuvda futbolchini 65 million yevroga sotib olish bandi ham mavjud. Joriy mavsumda Jekson barcha musobaqalarda 22 uchrashuvda maydonga tushib, 5 gol urdi va 1 assist qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing