Vinisius Real safida ketma-ket beshinchi o'yinda gol urdi

Madridning «Real» jamoasi Portugaliyaning «Benfika» klubini mag'lub etdi, uchrashuvda yana bir bor braziliyalik hujumchi Vinisius Junior o'z nomini tablo'ga yozdirib qo'ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ma'lum bo'lishicha, Vinisius «Real» tarkibida ketma-ket beshta o'yinda gol urmoqda. Bu ko'rsatkich uning madridliklar safidagi eng yaxshi seriyasiga tenglashdi.
Vinisius ilk bor shunday natijani 2022 yil avgust-sentyabr oylarida qayd etgan: o'shanda u besh uchrashuvda besh gol urgan edi. Hozirgi seriyada esa uning hisobida besh o'yinda olti gol bor.
Eslatib o'tamiz, Vinisius Junior 2019 yildan buyon Ispaniyaning «Real» klubida to'p surib kelmoqda.





























Izohlar 0
…