Turkiyada o‘yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi

Turkiyada bo‘lib o‘tgan «Mevlanakapi Guzelhishar» — «Istanbul Yurdum Spor» uchrashuvidan olingan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Kadrda darvozabon to‘pni uzoqlashtirmoqchi bo‘ladi, biroq to‘p maydon ustidan uchib o‘tayotgan chayqaga tegib ketadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Hodisadan so‘ng har ikki jamoa futbolchilari darhol qush tomon yugurib borishdi. «Istanbul Yurdum Spor» sardori Gani Chatan vaziyatni tez baholab, chayqaga bilvosita yurak massaji qilishga kirishdi, keyin esa qushni maydon chetidagi tibbiyot xodimlariga topshirdi.
Turkiyaning AA nashri xabariga ko‘ra, chayqa omon qolgan. U bir muddat ucha olmasligi aytilmoqda, ammo veterinarlarga topshirilgach, asta-sekin sog‘ayib ketishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing