Lokatelli Juventus maydonda borini berdi, ammo chetda qoldi

Turinning «Yuventus» jamoasi «Gatalasaray»ga qarshi bahsda qahramonlik ko‘rsatishga yaqin edi, biroq qo‘shimcha bo‘limlarda ketma-ket ikkita gol o‘tkazib yubordi va natijada Chempionlar ligasi bilan xayrlashdi. Uchrashuvdan so‘ng turinliklar yarim himoyachisi Manuel Lokatelli o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Hasratdan yig‘lagim keladi: biz o‘zimizga juda ishondik va juda yaqin edik... Maydonda borimizni berdik, eng avvalo yuragimizni qo‘ydik. Baribir, ehtimol, hammasi birinchi o‘yindayoq hal bo‘lgandi. Bugungi bahs esa aqlbovar qilmas darajada o‘tdi», — deya Lokatellining so‘zlarini keltiradi Juvenews.eu.
Ma’lumot uchun, «Yuventus» Yevropaning eng nufuzli klub turnirida so‘nggi bor 1996 yilda g‘olib chiqqan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!