Barselona Haalandni imzolashga qodirligini bildirdi

“Barselona” direktorlar kengashi a’zosi Joan Soler klub yirik transferlarni amalga oshirishga tayyor ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, kataloniyaliklar katta yulduzlar uchun kurashishga moliyaviy imkon topa oladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Ha, biz Haaland yoki Alvares kabi futbolchilarni ham transfer qila olamiz. Bunday xaridlar besh yil ichida o‘zini oqlaydi. Klubning moliyaviy holati bunga yo‘l beradi”, — dedi Soler Cadena Ser efirida.
Endi asosiy savol — “Barselona” yaqin yozdayoq top hujumchilardan birini olib kelish uchun amaliy qadam tashlaydimi yoki yo‘q. Xususan, Haaland hozir dunyoning eng kuchli futbolchilari qatorida, Transfermarkt portali norvegiyalik yulduzni 200 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing