date

Komoning asosiy hujumchisi mavsum oxirigacha safdan chiqdi

Komoning asosiy hujumchisi mavsum oxirigacha safdan chiqdi

Avvalroq xabar berganimizdek, «Komo»ning yetakchi hujumchilaridan biri Jeyden Adday Turin «Yuventus»iga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmadi. Shunga qaramay, Sesk Fabregas jamoasi grand ustidan ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritib, raqib darvozasiga javobsiz ikki gol urdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Endi esa Adday bu mavsumda endi umuman oʻynamasligi maʼlum boʻldi: u axill payi jarohati sabab mavsum yakunigacha safdan chiqdi. Hujumchi joriy chempionatda 12 ta uchrashuvda 3 gol urishga ulgurdi.

Italiya chempionati doirasidagi navbatdagi bahsda «Komo» oʻz maydonida «Lechche»ni qabul qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Komoning asosiy hujumchisi mavsum oxirigacha safdan chiqdi