date

Messi Ispaniya terma jamoasida ham o'ynashi mumkin edi

Messi Ispaniya terma jamoasida ham o'ynashi mumkin edi

Hujumchi Lionel Messi milliy jamoa darajasida Argentina emas, Ispaniya terma jamoasini tanlash ehtimoli bo'lganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Messining so'zlariga ko'ra, u allaqachon “Barselona”da o'ynayotgan paytda bu variant kun tartibiga chiqqan va unga bunday qaror ko'plab futbolchilarda uchrashi, odatiy hol ekani eslatilgan. U yoshligida Barselonaga ko'chib kelgani va tayyorgarlikning asosiy qismini klub akademiyasida o'tagani sabab, Ispaniya uchun o'ynash imkoniyati haqiqatdan ham mavjud bo'lgan.

Shunga qaramay, Messi tanlovida qat'iy turganini ta'kidladi: uning yuragi doim Argentina bilan bo'lganini bildirdi.

Eslatib o'tamiz, Messi 2022 yilda Argentina terma jamoasi safida jahon chempionligini qo'lga kiritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Ispaniya terma jamoasida ham o'ynashi mumkin edi