Argentina chempionati federatsiyadagi soliq mojarosi sabab to'xtaydi

Argentina chempionati bir haftalik tanaffus oladi: 9-tur uchrashuvlari keyinroq o'tkaziladi. Bunga mamlakat futbol federatsiyasi atrofida yuzaga kelgan navbatdagi korrupsiya mojarosi sabab bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Qizig'i, 7- va 8-tur o'yinlari belgilanganidek o'tkaziladi, tanaffus esa taqvimda 5–8 mart kunlariga to'g'ri keladigan 9-turga qo'llanadi. Bu 5 mart kuni AFA prezidenti Klaudio Tapia tribunal oldida javob berishi kutilayotgani bilan bog'liq.
derbyderbyderby.it xabariga ko'ra, sobiq futbolchilar va xodimlarga pensiya to'lovlari bilan bog'liq sxema orqali taxminan 19 milliard miqdoridagi soliq to'lovlaridan bo'yin tovlash amalga oshirilgan, bu Yevropa valyutasida ham salmoqli — qariyb 12 million yevro. Shuningdek, federatsiya pul yuvish jarayonlarida ham ishtirok etgan bo'lishi mumkinligi haqida shubhalar bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!