Grehem Potter tanqid Dyo'kereshni kuchaytirganini aytdi

Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Grehem Potter Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyo'keresh manziliga aytilgan tanqidlar futbolchining o'ziga foyda berganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«To'pchilar» shved forvardini o‘tgan yozda Lissabondagi «Sporting»dan tarkibiga qo‘shib olgandi. Dyo'keresh mavsum davomida gol ko‘rsatkichlari yetarlicha yorqin emasligi uchun ko‘p bora tanqid qilindi, bosh murabbiy Mikel Arteta esa ayrim o‘yinlarda uning o‘rniga boshqa hujumchilarga ishonch bildirdi.
Potterning fikricha, bosim va e’tirozlar Viktorning xarakteri qanchalik kuchli ekanini ko‘rsatdi. Mutaxassis Dyo'kereshga shubha qilmasligini, uni yuqori saviyadagi futbolchi va yaxshi inson deb bilishini aytdi. Shuningdek, u hujumchi «Arsenal»ning barcha to‘rtta turnirdagi natijalariga o‘z hissasini qo‘shganini qayd etib, tanqid futbolchilik kasbining ajralmas qismi ekanini eslatdi.
Joriy mavsumda Viktor Dyo'keresh «Arsenal» safida 36 uchrashuvda maydonga tushib, 15 gol va 2 assist muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!