date

Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va klubda taranglik kuchaydi

Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va klubda taranglik kuchaydi

Kutilmaganda Konyasporga yutqazgan Galatasaray ortidan klub ichidagi muammolar haqida xabarlar tarqaldi. TR24 portali ma’lumotiga ko‘ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ishonilsa, bu holat ketma-ket uch oy davom etmoqda. Klub rahbariyati vaziyat yuzasidan izoh bermayotgani esa OAV va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada oshirmoqda.

Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so‘nggi voqealar fonida Galatasarayning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolayotganini ta’kidladi.

Shunga qaramay, jamoa chempionat jadvalida 55 ochko bilan yetakchilikni saqlab turibdi. Biroq zaxirada bitta uchrashuvi bor Fenerbahche (52 ochko) raqibiga juda yaqinlashishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Galatasarayda maoshlar kechikmoqda va klubda taranglik kuchaydi