Erik Garsiya Barselona chempionligi o'z qo'limizda dedi

«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya Ispaniya La Ligasidagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirib, jamoa natijasi avvalo o'zlariga bog'liqligini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Garsiya «Real Sosyedada»ga qarshi uchrashuvda yutqazmasliklari kerak bo'lganini aytdi: uning so'zlariga ko'ra, jamoa g'alaba uchun yetarli ish qildi. «Jirona» bilan so'nggi o'yinda esa hakamlikdagi bahsli holatlarga qaramay, «Barselona» o'zidan kutilgan darajani ko'rsata olmagan.
Shu bilan birga, himoyachi jamoa umumiy holati yaxshi ekanini qayd etdi. U oldinda safarda qiyin bahslar kutayotganini tan olarkan, «Barselona»da bu sinovlardan munosib o'tish uchun barcha imkoniyat borligini qo'shimcha qildi.
25-tur yakunlariga ko'ra, «Barselona» 61 ochko bilan La Liga turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o'rindagi «Real» bilan farq atigi bir ochkoni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!