Ronaldu 5:0 gʻalabadan soʻng ikki soʻz bilan chiqdi

Saudiya Arabistoni Pro-ligasida «Al-Nasr» «Al-Namdja»ni yirik 5:0 hisobida magʻlub etib, turnir jadvalida peshqadamlikka chiqib oldi. Uchrashuvda hisobni Krishtianu Ronaldu ochdi — portugaliyalik 7-daqiqadayoq penaltini aniq amalga oshirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Oʻyin tugaganidan koʻp oʻtmay 41 yoshli hujumchi ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirdi. Ronaldu bir nechta suratlarni joylab, ularni qisqa, ammo mazmunli yozuv bilan izohladi.
«Shunday davom eting!» — deb yozdi Ronaldu.
Shu tariqa, Ronaldu faoliyati davomida urgan gollari sonini 965 taga yetkazdi. 1000 ta gol marrasi tobora yaqinlashmoqda.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Ronaldu «Al-Nasr» bilan shartnomasini uzaytirgandi — kelishuv 2027 yilning oʻrtalarigacha moʻljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing