date

Jonathan Devid yozda Juventusni tark etishi mumkin

Jonathan Devid yozda Juventusni tark etishi mumkin

“Yuventus” hujumchisi Jonathan Devid yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Nikolo Skira xabariga ko‘ra, kanadalik futbolchi Turindagi klubdan ketish variantini ko‘rib chiqmoqda. “Yuventus” rahbariyati hamda bosh murabbiy Luchano Spalletti uning o‘yinidan qoniqmayapti va shu bois futbolchini sotish bo‘yicha takliflarga ochiq.

Jonathan Devid 2025 yilda “Lill”dan erkin agent sifatida “Yuventus”ga kelib qo‘shilgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u turinliklar safida barcha musobaqalarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jonathan Devid yozda Juventusni tark etishi mumkin