date

Bavariyada faqat Nikolas Jekson norozi bo‘lib turibdi

Bavariyada faqat Nikolas Jekson norozi bo‘lib turibdi

Myunxenning «Bavariya» klubida hujumchi Nikolas Jekson o‘z roli va maydondagi imkoniyatlaridan qoniqmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bild nashri ma’lumotiga ko‘ra, senegallik futbolchi jamoada o‘yin amaliyoti kamligidan norozi bo‘layotgan yagona o‘yinchi. Uning kayfiyati va noroziligi jamoa ichida ham sezilmoqda. Qolgan futbolchilar esa cheklangan roliga ko‘nikib, ko‘proq o‘ynash imkonini mehnat bilan qo‘lga kiritishga urinmoqda.

«Bavariya» Jeksonni 2025 yil sentabrida «Chelsi»dan mavsum oxirigacha 16 million yevro evaziga ijaraga olgandi. Kelishuvda 65 million yevroga to‘liq transfer qilish opsiyasi ham bor. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 22 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bavariyada faqat Nikolas Jekson norozi bo‘lib turibdi