date

Inter Markus Tyuram bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin

Inter Markus Tyuram bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin

Milaning «Inter» klubi hujumchi Markus Tyuram yuzasidan keladigan takliflarni tinglashga tayyor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jamoa rahbariyatining fransuz futbolchining kelajagiga doir qarashlari o‘zgargani aytilmoqda: u endi «sotilmaydiganlar» qatorida emas. Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, forvard allaqachon yozda transferga qo‘yilishi ehtimoldan xoli emas.

Transfermarkt portali Tyuramning bozor qiymatini 60 mln yevroga baholamoqda. 28 yoshli futbolchining «Inter» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Avvalroq hujumchini Angliya Premyer-ligasidagi klublardan biriga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar ham tarqalgan edi.

Joriy mavsumda Tyuram 32 uchrashuvda 12 gol urib, 5 assist amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Markus Tyuram bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishi mumkin