Kafanov PSJga Chempionlar Ligasida yana zafar tiladi

Rossiya terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Kafanov PSJga Chempionlar Ligasida navbatdagi g‘alabani tiladi va parijliklar posboni Matvey Safonovning o‘yinini yuqori baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kafanovning aytishicha, u Safonovning bu mavsum PSJda asosiy darvozabonga aylanganidan xursand. Murabbiy hozircha oldindan xulosa qilish erta ekanini ta’kidlarkan, parijliklar turnir finaligacha yetib borib, sovrinni yana qo‘lga kiritishini va Safonov jamoaning birinchi raqamli posboni bo‘lib qolishini orzu qilishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, PSJ Chempionlar Ligasi pley-off yo‘llanmasi uchun o‘tgan ikki o‘yinlik qarama-qarshilikda «Monako»ni umumiy 5:4 hisobida ortda qoldirdi. Dastlabki uchrashuvda parijliklar safarda 3:2 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa, javob bahsi 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.
O‘tgan mavsumda Luis Enrike boshqaruvidagi PSJ Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan, finalda «Inter»ni 5:0 hisobida yirik tarzda mag‘lub etgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!