Chempionlar ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Chempionlar ligasining pley-off bosqichi doirasidagi javob uchrashuvlari seshanba va chorshanba kunlari bo'lib o'tdi. Ushbu o'yinlar yakunlariga ko'ra haftaning eng yaxshi futbolchisi sifatida «Atletiko» hujumchisi Aleksandr Syorlot e'tirof etildi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Seshanba kungi bahsda «Atletiko» o'z maydonida «Bryugge»ni 4:1 hisobida mag'lub etdi. Syorlot ushbu uchrashuvda xet-trikka mualliflik qildi.
Natijada madridliklar 1/8 final yo'llanmasini qo'lga kiritdi va keyingi bosqichda albatta Angliya klubiga qarshi maydonga tushadi. «Atletiko»ning raqibi «Liverpul» yoki «Tottenhem» bo'ladi, qur'a tashlash marosimi 27 fevral kuni o'tkaziladi.
Shuningdek, La Liga turnir jadvalida «Atletiko» hozircha to'rtinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!