date

Arne Slot chuqur mudofaaga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi

Arne Slot chuqur mudofaaga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi

«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot raqiblar jamoasi chuqur mudofaaga o‘tirib olgan uchrashuvlarda nimalar muhim bo‘lishi haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, jarima maydoni ichida o‘n nafar futbolchi bilan zich himoyalanadigan jamoalarga qarshi o‘yin sxemasi ko‘pincha hal qiluvchi omil bo‘lmaydi. «4-4-2mi, 5-4-1mi yoki 5-3-2mi — farqi yo‘q. Asosiysi, qarshi hujumlarga yo‘l qo‘ymaslikka e’tibor qaratish kerak», — deya Slotning so‘zlarini The Touchline Viaplay’ga tayanib keltirdi.

Ayni paytda «Liverpul» Angliya chempionati turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda. Mersisaydliklarning navbatdagi raqibi 28-fevral, shanba kuni «Vest Hem» bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arne Slot chuqur mudofaaga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi