date

Jonatan Devid yozda Juventusni tark etishi mumkin

Jonatan Devid yozda Juventusni tark etishi mumkin

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Jonatan Devid yaqin orada jamoani tark etishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Insayder Nikolo Skiraning ma’lumotiga ko‘ra, kanadalik futbolchi yozgi transfer oynasida ketish variantini ko‘rib chiqmoqda. «Yuventus» rahbariyati va jamoa bosh murabbiyi Luchano Spalletti hujumchining o‘yinidan qoniqmayapti va shuning uchun futbolchini sotish takliflariga ochiq.

Jonatan Devid «Lill»dan 2025 yilda erkin agent sifatida «Yuventus»ga kelgan. Uning shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 36 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Devidning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Jonatan Devid yozda Juventusni tark etishi mumkin