Flik hech qachon taslim bo'lmaydigan Barselonani xohlaydi

“Barselona” bosh murabbiyi Hans-Diter Flik katalon klubidagi ish jarayoni va jamoaga qo'yiladigan talablar haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, “Barselona”da faqat natija emas, balki g'alaba qanday qo'lga kiritilgani ham muhim: “O'tgan mavsum ‘Inter’ga qarshi bahsdan keyin musobaqani tark etganimizda ranjidik, ammo ikki o'yinda ko'rsatgan o'yinimiz uchun jamoa bilan faxrlangandik. O'ylaymanki, muxlislar ham aynan shunday futbolni ko'rishni istaydi”.
Flik klub atrofida hamma narsa muhokama qilinishi, har bir detal tahlil qilinishini qayd etib, “odamlar Barselona bilan yashaydi” dedi. Shuningdek, u jamoa tarkibi juda yosh va iste'dodli ekanini, biroq to'liq kuch bilan mashg'ulot o'tkazilmasa, raqobatbardosh bo'lish qiyinligini urg'uladi. “Men hech qachon qo'l siltamaydigan jamoani ko'rishni xohlayman. Bu ‘Barselona’ning DNKsi”, — deya Flik klub telekanaliga aytib o'tdi.
Hozirda “Barselona” La Ligada peshqadam bo'lib turibdi va ikkinchi o'rindagi “Real”ni bir ochkoga ortda qoldirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!