Barselona Frenki de Yong jarohati sabab 6 haftagacha o'ynamaydi

Barselona rasmiy sayti Frenki de Yongning jarohat olgani haqida xabar berdi. Niderlandiyalik yarim himoyachi payshanba kungi mashg'ulotda shikastlangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tibbiy tekshiruvlar 28 yoshli futbolchining o'ng sonining orqa qismida tashqi tomondan jarohat borligini ko'rsatdi. Klub ma'lumotiga ko'ra, tiklanish jarayoni besh-olti hafta davom etadi.
Shu tariqa de Yong safga faqat aprel oyining birinchi yarmida qaytishi kutilmoqda. U yaqin uchrashuvlarni, jumladan Chempionlar ligasi 1/8 finalidagi har ikki o'yinni ham o'tkazib yuboradi.
Barselona 28 fevral, shanba kuni Villarrealni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing