Benfika himoyachisi Vinisiusdan futbolka so'rab, uzr so'radi

"Benfika"ning o'ng qanot himoyachisi Sidni Lopesh Kabral Chempionlar ligasi doirasida Madridning "Real"iga qarshi o'yindan keyin Vinisius Juniordan futbolka almashishni istadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Record xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchi bu iltimosni braziliyalik hujumchiga aytib ham ulgurdi, biroq klubda buni to'g'ri qabul qilishmasligini anglagach, fikridan qaytishga majbur bo'ldi. Kabral hatto jamoasi oldida bu holat uchun uzr so'ragan.
Javob uchrashuvida "Real" 2:1 hisobida zafar quchdi, g'alaba golini esa Vinisius urdi. Bir hafta avval Lissabondagi ilk bahsda ham u yagona gol muallifi bo'lgandi, biroq o'sha o'yinda ko'proq nishonlash uslubi va Jyanluka Prestiyannini irqchilik haqoratlarida ayblagani bilan yodda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!