date

Diego Kosta Pike va Puyoldan uzr emas haqorat so'raganini aytdi

Diego Kosta Pike va Puyoldan uzr emas haqorat so'raganini aytdi

Madridning "Atletiko" klubi sobiq hujumchisi Diego Kosta "Barselona"ga qarshi o'yinlardagi qarama-qarshiliklarni eslab o'tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Diego Simeone qo'l ostida 2010-yillarning boshida yorqin o'yin ko'rsatgan Kosta keyinchalik faoliyatini Angliyaning "Chelsi" jamoasida davom ettirgan.

Kostaning aytishicha, "Barselona"ga qarshi bahslarda himoyachilar Xerard Pike va Karles Puyol u bilan keskin kurashgan, biroq epizodlardan keyin uzr so'rashgan. Hujumchi esa ulardan uzr so'ramaslikni, aksincha, o'zini haqorat qilishlarini so'raganini ta'kidladi.

Uning so'zlariga ko'ra, "Barsa"ga qarshi o'yinlarda "Atletiko" ko'proq himoyalanishga majbur bo'lgan va jamoa deyarli to'pni nazorat qila olmagan.

37 yoshli, kelib chiqishi braziliyalik bo'lgan ispaniyalik futbolchi 2025 yil boshidan beri klubsiz qolmoqda. Kosta "Atletiko" safida jami 217 ta uchrashuv o'tkazib, 83 ta gol urgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Diego Kosta Pike va Puyoldan uzr emas haqorat so'raganini aytdi