Messi Maradonani ilk bor qayerda uchratganini esladi

Argentina hujumchisi Lionel Messi mamlakat futboli afsonasi Diyego Armando Maradona bilan ilk tanishuvi haqida gapirdi. Messining aytishicha, u Maradonani birinchi marta televideniyedagi “La noche del 10” (“O‘ninchining kechasi”) ko‘rsatuvida uchratgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, o‘sha dasturga uni aynan Maradonaning o‘zi taklif qilgan. Messi taklifni rad eta olmaganini, ko‘rsatuvga otasi, amakisi va jiyanlari bilan birga borganini ta’kidladi.
“Taklif keldi va, albatta, rad etib bo‘lmasdi — bordim. U yerda yaqinlarim ham bor edi: otam, amakim, jiyanlarim. Ularning barchasi ham Maradona bilan tanishdi. Bu unutilmas lahza bo‘ldi”, — deya Messining so‘zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Diyego Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!