date

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini aytdi

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini aytdi

Argentina hujumchisi Lionel Messi argentinalik futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan birinchi bor qayerda va qanday tanishgani haqida gapirdi. Uning so'zlariga ko'ra, bu uchrashuv televideniyedagi «La noche del 10» ko'rsatuvi paytida bo'lib o'tgan va Messi aynan Maradonaning shaxsiy taklifi bilan studiyaga borgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Messi taklifni olgach, bunday imkoniyatni qo'ldan chiqarmaganini ta'kidladi. U ko'rsatuvga otasi, amakisi va jiyanlarini ham olib borgan, ularning barchasi Maradona bilan yuzma-yuz ko'rishib, suhbatlashishga muvaffaq bo'lgan. Messi bu lahzani unutilmas voqea sifatida esladi.

Eslatib o'tamiz, Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini aytdi