Indzagi iste'fosi muhokamada, murabbiy esa xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali biror marta yutqazmagan, biroq so'nggi o'yinlardagi ketma-ket duranglar jamoani turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushirib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
La Repubblica xabariga ko'ra, shu fon’da Saudiya tomonida Simone Indzagining bosh murabbiylikdan ketishi ehtimoli haqida gap-so'zlar kuchaygan. Ta'kidlanishicha, italiyalik mutaxassisga «Al-Hilol» muxlislarining bir qismi ham qarshi chiqmoqda.
Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga sokin qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdordagi kompensatsiya ko'zda tutilgan.
Simone Indzagi maoshi bo'yicha dunyodagi eng ko'p haq oladigan murabbiylar ro'yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!