date

Al-Nasr murabbiyi Ronalduning nega maydonga tushmasligini aytdi

Al-Nasr murabbiyi Ronalduning nega maydonga tushmasligini aytdi

“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqin o‘yinda qatnashmasligi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida “Arkadag”ga qarshi maydonga tushadi. So‘nggi paytlarda boykot ortidan portugaliyalik yulduz tez orada qaytishi kutilayotgandi, biroq bu safar ham u tarkibda bo‘lmaydi.

“Jadval juda zich. Biz Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchini hordiq chiqarish uchun asrayapmiz — oldinda ‘Al-Fateh’ga qarshi muhim uchrashuv turibdi”, — dedi Jezush. Uning so‘zlarini Al Nassr Zone keltirdi.

Murabbiy ta’kidlashicha, Ronalduning dam olishi yangilik emas: u Saudiya Arabistonidan tashqarida o‘tadigan o‘yinlarda avval ham bir necha bor maydonga tushmagan.

Saudiya chempionatidagi “Al-Fateh” — “Al-Nasr” uchrashuvi shanba, 14-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Al-Nasr murabbiyi Ronalduning nega maydonga tushmasligini aytdi