date

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini esladi

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini esladi

Argentina hujumchisi Lionel Messi afsonaviy Diyego Armando Maradona bilan ilk bor qachon va qanday tanishganini so'zlab berdi. Uning aytishicha, bu uchrashuv Maradonaning o'zi tashabbus ko'rsatgan holda uni «La noche del 10» teleko'rsatuviga taklif qilgan paytda yuz bergan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Messining ta'kidlashicha, u taklifni olgach rad eta olmagan va ko'rsatuvga oilasi bilan birga borgan. O'sha kuni otasi, amakisi va amakivachchalari ham Maradona bilan ko'rishgan. «Bu unutilmas lahza bo'lgan», deya Messi so'zlarini derbyderbyderby.it keltiradi.

Eslatib o'tamiz, Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini esladi