Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini esladi

Argentina hujumchisi Lionel Messi vatandoshi, afsonaviy Diego Armando Maradona bilan birinchi bor qayerda va qanday tanishganini hikoya qildi. Uning aytishicha, ilk uchrashuv televideniyedagi "La noche del 10" ("O'nlik kechasi") dasturi vaqtida bo'lib o'tgan va Messini aynan Maradonaning o'zi taklif qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Messining so'zlariga ko'ra, u bunday taklifni rad eta olmagan va studiyaga oilasi bilan birga borgan. U yerda otasi, amakisi hamda jiyanlari ham Maradona bilan ko'rishib, tanishish imkoniga ega bo'lishgan. "Bu unutilmas lahza edi", — deya Messidan iqtibos keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Diego Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing