Jikiya maydonga tushmagani jarohati bilan bog'liq ekan

Turkiyaning "Antalyaspor" klubida to'p surayotgan rossiyalik himoyachi Georgiy Jikiyaning agenti Malik Arutyunov futbolchining so'nggi paytlardagi o'yin amaliyoti kamligiga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Jikiya jarohatdan to'liq forig' bo'lgan va jamoaga yaqinda kelgan yangi bosh murabbiy ham himoyachiga ishonch bildirmoqda.
Arutyunov "Chempionat" nashriga bergan fikrida Jikiyani "Fenerbahche"ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda ko'rish ehtimoli yuqoriligini ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, klubda allaqachon uchinchi murabbiy almashgan va har birining futbolchidan foydalanish bo'yicha o'z qarashi bor, Jikiyaning o'ynamagani esa aynan jarohat bilan bog'liq bo'lgan.
2025/2026 yilgi mavsumda Jikiya Turkiya chempionati va kubogi doirasida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!