Kompani Noyerning Borussiya qarshi o'yindagi holatini aytdi

Myunxenning “Bavariya” jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani darvozabon Manuel Noyer Dortmundning “Borussiya”si bilan bo'ladigan yaqin uchrashuvda maydonga tushishi mumkinmi, degan savolga izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
39 yoshli germaniyalik posbon avvalroq jarohat sabab “Ayntraxt”ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgandi (3:2).
“Manu bilan vaziyat yomon emas. Biz u uzoqroq muddat safdan chiqadi, deb o'ylagandik. Ehtimol, u bugun biz bilan mashg'ulotga qo'shilar, keyin yana ko'ramiz. Men u bilan yana bir bor gaplashmoqchiman”, — dedi Kompani Bayern & Germany keltirgan iqtibosda.
Mutaxassisning qo'shimcha qilishicha, agar Noyer uchrashuvda o'ynay olmasa, uning o'rnini so'nggi o'yinlarda o'zini yaxshi ko'rsatgan Urbig egallaydi.
Bundesliganing 24-turi doirasidagi “Borussiya” — “Bavariya” uchrashuvi 28 fevral kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!