Djikiyaning o'yin amaliyoti yo'qligi jarohat bilan bog'liq

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiya nega so'nggi paytlar maydonda kam ko'ringani bo'yicha uning Turkiyadagi vakili Malik Arutyunov izoh berdi. Agent futbolchining o'yin amaliyoti yetishmagani jarohat oqibati ekanini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Arutyunovning aytishicha, Djikiya hozir to'liq tiklangan va jamoaga kelgan yangi bosh murabbiy ham unga ishonch bildirmoqda.
«O'ylaymanki, Djikiya “Fenerbahche”ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushadi. Klubda allaqachon uchinchi murabbiy ishlayapti, har birining o'z qarashi bor. Uning o'ynamagani jarohat bilan bog'liq edi», — deya agent so'zlarini “Chempionat” nashri keltiradi.
2025/2026 yilgi mavsumda rossiyalik futbolchi Turkiya chempionati va Kubogida jami 13 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!