date

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini aytdi

Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini aytdi

Argentina hujumchisi Lionel Messi vatandoshi, futbol afsonasi Diyego Armando Maradona bilan ilk bor qachon va qanday tanishganini eslab o'tdi. Uning so'zlariga ko'ra, bu uchrashuv televideniyedagi “La noche del 10” (“O'nlik oqshomi”) dasturi vaqtida bo'lib o'tgan va Messini aynan Maradonaning o'zi taklif qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Messi taklifni olgach, rad eta olmaganini ta'kidladi. U ko'rsatuvga oila a'zolari — otasi, amakisi va amakivachchalari bilan borgan, ular ham Maradona bilan yuzma-yuz tanishish imkoniga ega bo'lgan. Futbolchi bu lahzani unutilmas voqea sifatida esladi, deb yozadi derbyderbyderby.it.

Eslatib o'tamiz, Diyego Maradona 2020 yil noyabr oyida vafot etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Messi Maradona bilan ilk uchrashuvi qanday bo'lganini aytdi