Simone Indzagi atrofida iste'fo gaplari kuchaydi, u xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hali mag'lub bo'lgani yo'q, biroq so'nggi duranglar jamoani turnir jadvalida uchinchi pog'onaga tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, shu fonда bosh murabbiy Simone Indzagining kelajagi haqida bahslar avj oldi va uni ishdan olish ehtimoli tilga olinmoqda. Ayniqsa, klub muxlislari italiyalik mutaxassisga nisbatan norozilik bildirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan avval bekor qilinsa, katta miqdordagi tovon puli ko'zda tutilgan.
Qayd etilishicha, Simone Indzagi maosh bo'yicha dunyodagi eng yuqori haq oladigan murabbiylar orasida ikkinchi o'rinda turadi — u faqat Diego Simeonedan ortda. Indzagining yillik daromadi 26 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!