date

"Siti"da katta “tozalash”: yaqinda kelgan ikki futbolchi klubni tark etadi...

"Siti"da katta “tozalash”: yaqinda kelgan ikki futbolchi klubni tark etadi...

"Manchester Siti" yozgi transfer oynasi oldidan jamoa tarkibini jiddiy qayta koʻrib chiqishni rejalashtirmoqda. “Shaharliklar” bir qator futbolchilar bilan xayrlashib, yangi kuchlar jalb qilish orqali raqobatbardoshlikni oshirishni maqsad qilgan.

Avvalroq jamoa yetakchilaridan biri Bernardu Silva yozda klubni tark etishi haqida maʼlumotlar paydo boʻlgan edi. Shuningdek, himoyachi Jon Stounz bilan ham xayrlashish ehtimoli borligi aytilgan.

Endi esa yana ikki futbolchining kelajagi savol ostida qolmoqda. Football Insider maʼlumotiga koʻra, mavsum yakunlanganidan soʻng Umar Marmush va Tijani Reynders ham jamoani tark etishi mumkin.

Manbaga koʻra, har ikki futbolchi ham klubga kelganidan buyon kutilgan darajada taʼsir koʻrsata olmagan va asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotgan. Bu esa murabbiylar shtabi tomonidan ularga boʻlgan ishonch pasayishiga sabab boʻlgan.

Joriy mavsumda Umar Marmush barcha musobaqalarda 30 ta oʻyinda ishtirok etib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan. Bu koʻrsatkichlar yomon emasdek koʻrinsa-da, jamoa darajasi uchun yetarli deb baholanmagan.

Tijani Reynders esa 44 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ta gol va 7 ta assist bilan ajralib turgan. Shunga qaramasdan, uning oʻyini barqarorlik jihatidan savollar uygʻotgani taʼkidlanmoqda.

Qisqasi, “Manchester Siti”da katta “tozalash” jarayoni kutilmoqda. Klub yangi mavsum oldidan tarkibni yangilab, yanada kuchli va samarali jamoa shakllantirishga bel bogʻlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Siti"da katta “tozalash”: yaqinda kelgan ikki futbolchi klubni tark etadi...