AQSh Eron yadroviy qurolga ega bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligini bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington Eronning yaqin kelajakda yadroviy qurolga ega bo‘lishiga mutlaqo yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.
U bu fikrlarini Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha izoh berish chog‘ida bildirgan. Trampning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayon juda tez orada yakunlanishi mumkin va AQSh bunday qurol paydo bo‘lishiga qarshi qat’iy choralar ko‘radi.
17 aprel kuni u yana bir bor AQSh va Eron vakillari boyitilgan uranni mamlakatdan olib chiqish bo‘yicha hamkorlik qilayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, Tehron yadroviy dasturini vaqtinchalik to‘xtatishga tayyor ekani, biroq muzlatilgan aktivlar masalasi hali ochiq qolayotgani aytilgan.
AQSh prezidenti fikricha, Eron bilan bo‘ladigan ehtimoliy kelishuv shartlarining aksariyati allaqachon kelishib olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!