Patris Evra "Arsenal" ishonchi yoʻqolmoqda, "Siti" chempionlikka yaqin dedi

Patris Evra APLdagi chempionlik uchun kurash tobora qiziyotgan bir paytda "Arsenal" atrofidagi vaziyatga keskin baho berdi. Sobiq futbolchining fikricha, London klubining soʻnggi natijalari chempionlik intrigasini asta-sekin susaytirib yubormoqda.
Evra taʼkidlashicha, u jamoada gʻalabaga boʻlgan haqiqiy ishtiyoq va qattiq ishonchni koʻrmayapti. Uningcha, agar jamoa oʻziga ishonmasa, tashqi muhit ham unga ishonmay qoʻyadi.
«Men «Arsenal»da gʻalabaga boʻlgan ishtiyoq va ishonchni koʻrmayapman. Agar oʻzing ishonmasang, boshqalar ham ishonmaydi, — dedi sobiq fransiyalik futbolchi.
Fransiyalik sobiq himoyachi “Arsenal” yana oʻtmishdagi xatolarni takrorlayotganini aytdi. Uning fikricha, jamoa mavsum davomida ustunlikni qoʻlda saqlab qola olmayapti va bu holat ular uchun salbiy anʼanaga aylanib qolgan.
"Ular yana oʻsha holatni boshdan kechiryapti, yana chempionat davomida ustunlikni qoʻldan boy berishmoqda", — dedi sobiq fransiyalik futbolchi.
Evra, shuningdek, Pep Gvardiola va "Manchester Siti" haqida ham fikr bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, kataloniyalik mutaxassis bu imkoniyatni bu safar ham boy bermaydi va mavsum oxirida chempionlikni qoʻlga kiritadi.
"Albatta, Gvardiola bu imkoniyatni bu safar ham qoʻldan chiqarmaydi", — dedi sobiq fransiyalik futbolchi.
Eslatib oʻtamiz, APL soʻnggi turida “Manchester Siti” “Arsenal”ni 2:1 hisobida maglub etgan edi. Bu natija chempionlik poygasidagi vaziyatni yanada keskinlashtirgan boʻlsa-da, koʻplab mutaxassislar “Siti”ni asosiy favorit sifatida koʻrmoqda.
Hozirgi vaziyatda esa barcha eʼtibor “Arsenal”ning psixologik barqarorligi va “Siti”ning bosim ostidagi sovuqqonligiga qaratilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!