Kam ta’minlanganlar uchun bepul yuridik yordam kengaytirildi

O‘zbekistonda kam ta’minlangan fuqarolarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tizimi yanada kengaytirildi. Bu 2026 yil 20 aprelda qabul qilingan O‘RQ 1135 sonli qonun bilan mustahkamlandi.
Yangi tartibga ko‘ra, moddiy imkoniyati cheklangan shaxslar sud jarayonida qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga mosligini tekshirish uchun Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilganda ham davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, yuridik yordam ko‘rsatish jarayoni soddalashtirilib, fuqarolarning arizalari “Yuridik yordam” axborot tizimi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tegishli sud organlariga yuborilishi belgilandi.
Mazkur o‘zgarishlar aholining huquqiy himoyasini kuchaytirish va adolatli sud tizimiga erishish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!