Eron oliy rahbari tomonidan AQSh bilan muzokaralarda ishtirok etishga ruxsat berildi

Eron oliy rahbari tomonidan AQSh bilan muzokaralarda ishtirok etishga ruxsat berildi
Qisqacha

Albatta, mana yangilikning lotin yozuvidagi qisqa xulosasi: Axios нашрининг хабарига кўра, Eрон oliy rahbari AQSh bilan muzokaralarda ishtirok etishga ruxsat bergan. Bu "yashil chiroq" 20-aprel kuni kechqurun berilgan bo'lib, Eron delegatsiyasi muzokaralarga tayyorligini rasman bildirgan. AQSh ham Eron tomonidan aniq javob kutayotgan edi, biroq Eron ichida ba'zi kuchlar muzokaralarga shoshilmaslik tarafdori. Keyingi muzokaralar Pokistonning Islomobod shahrida bo'lishi mumkin.

Axios nashrining xabariga ko‘ra, Eron oliy rahbari AQSh bilan muzokaralarda ishtirok etishga ruxsat bergan.

Manbalarga ko‘ra, Eron delegatsiyasi muzokaralarda qatnashish uchun uzoq vaqtdan beri “yashil chiroq”ni kutib turgan va bu signal 20 aprel kuni kechqurun berilgan.

Shu qaror bilan Tehron tomoni muzokara jarayoniga tayyor ekanini rasman bildirgan.

Ma’lumotlarda qayd etilishicha, shu paytgacha Vashington ham Eron tomonidan aniq javob signali kutgan. Shu bilan birga, Pokiston, Misr va Turkiya kabi vositachi davlatlar ham Tehronni muzokaralarga undagan.

Biroq Eron ichida ayrim kuchlar, jumladan Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi, muzokaralarga shoshilmaslik va qat’iy pozitsiyani saqlash tarafdori bo‘lgan. Ular dengiz blokadasi bekor qilinmaguncha muzokaralarga kirishmaslik kerakligini bildirgan.

Axios ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralarning navbatdagi bosqichi Pokiston poytaxti Islomobodda o‘tkazilishi mumkin bo‘lib, AQSh delegatsiyasiga vitse-prezident JD Vens rahbarlik qilishi kutilmoqda.

Hozircha Eron rasmiylari bu xabarlar yuzasidan ochiq izoh bermagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar