Indzagi atrofida gap-so'zlar kuchaydi, murabbiy xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hozirgacha mag'lub bo'lmadi, biroq so'nggi turlardagi bir nechta durang natijalar jamoani turnir jadvalida uchinchi o'ringa tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko'ra, shu fon’da bosh murabbiy Simone Indzagi iste'foga chiqarilishi mumkinligi haqida gaplar paydo bo'ldi. Xususan, «Al-Hilol» muxlislarining bir qismi italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o'rtalarigacha mo'ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta kompensatsiya to'lanishi ko'zda tutilgan.
Qayd etilishicha, Simone Indzagi dunyodagi eng ko'p maosh oladigan murabbiylar orasida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!