date

Djikiya nega o'yinlarda ko'rinmagani ma'lum bo'ldi

Djikiya nega o'yinlarda ko'rinmagani ma'lum bo'ldi

«Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Djikiyaning Turkiyadagi vakili Malik Arutyunov rossiyalik futbolchi nega so'nggi paytlarda maydonga tushmagani haqida izoh berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Agentning aytishicha, Djikiyaning o'yin amaliyoti yo'qligi jarohat bilan bog'liq bo'lgan. Hozir esa himoyachi to'liq tiklangan va jamoaning yangi bosh murabbiyi unga ishonch bildirmoqda.

Arutyunovning fikricha, Djikiya «Fenerbahche»ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibdan maydonga tushishi mumkin. U, shuningdek, klubda allaqachon uchinchi murabbiy ishlayotgani va har birining o'z qarashi borligini ta'kidladi.

2025/2026 yilgi mavsumda Djikiya Turkiya chempionati va Kubogida jami 13 o'yinda qatnashib, ikki gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Djikiya nega o'yinlarda ko'rinmagani ma'lum bo'ldi