Jikiya maydonga tushmagani jarohati bilan izohlandi

Turkiyada «Antalyaspor» himoyachisi Georgiy Jikiyani vakillayotgan agent Malik Arutyunov rossiyalik futbolchining so‘nggi paytda kam o‘ynagani sababini jarohat bilan bog‘ladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Jikiya shikastlanishdan to‘liq forig‘ bo‘lgan va jamoaga yaqinda tayinlangan yangi bosh murabbiy ham unga ishonch bildirmoqda.
«O‘ylaymanki, Jikiya «Fenerbahche»ga qarshi uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushadi. Klubda allaqachon uchinchi murabbiy ishlayapti, har birining o‘z qarashi bor. Uning o‘ynamagani jarohat bilan bog‘liq edi», — deya Arutyunovning so‘zlarini «Chempionat» nashri keltiradi.
2025/2026 yilgi mavsumda Jikiya Turkiya chempionati va kubogida jami 13 o‘yinda qatnashib, ikki gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing